Özbekiston Respublikasi prezidenti “Özbekiston Respublikasining fuqarolik qonunçiligini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoyişni imzoladi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasining fuqarolik qonunçiligini takomillaştiriş konsepsiyasn ma'qullandi.
Konsepsiyaga köra, fuqarolik qonunçiligi unifikatsiya qilinadi va tizimlaştiriş maqsadida inventarizatsiyadan ötkaziladi, şuningdek xalqaro standartlar talablariga va eng yaxşi xorijiy amaliyotlarga muvofiqlaştiriladi.
Fuqarolik kodeksi va boşqa fuqarolik qonun hujjatlaridagi atama va tuşunçalarning huquqiy ma'nolari ularni aniq ta'riflaş va bir xilda qöllaş orqali takomillaştiriladi.
Turliça şarhlanadigan yoki amaliyotda qöllanilişi masalasida tuşuntirişlarni talab qiladigan normalar çiqarib taşlanadi yoki takomillaştiriladi.
Fuqarolik kodeksi va boşqa fuqarolik qonun hujjatlarining töğridan-töğri amal qilişi uçun ulardagi havolaki normalar qisqartiriladi.
Fuqarolik-huquqiy munosabatlar iştirokçilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilişga tösqinlik qiluvçi fuqarolik qonunçiligidagi huquqiy böşliqlar va kolliziyalar bartaraf etiladi.
Jamiyat va xalqaro standartlarning axloqiy prinsip va ma'naviy me'yorlari (“halollik”, “adolat”, “oqillik” va boşqa prinsiplar)ni inobatga olgan holda fuqarolik-huquqiy munosabatlarning amaldagi prinsiplari takomillaştiriladi va yangilari joriy qilinadi.
Fuqarolik kodeksiga fuqarolik qonunçiligining muhim tuşunça va institutlarini belgilaş borasidagi asosiy hujjat maqomini beriş maqsadida mavjud tuşunça (atama)lar qayta körib çiqiladi va yangilari kiritiladi.
Fuqarolik huquqi va fuqarolik majburiyatlarini vijdonan va munosib amalga oşirişni ta'minlaşga qaratilgan çora va vositalar takomillaştiriladi.
Ma'naviy, moddiy zarar va ziyonlarni hisoblaş tartibini joriy etiş yöli bilan fuqarolik qonunçiligining kompensatorlik funksiyasi kuçaytiriladi.
Yuridik şaxslarning taşkiliy-huquqiy şakllari optimallaştiriladi, bir-biriga öxşaş, şuningdek bozor munosabatlarida ommalaşmagan taşkiliy-huquqiy şakllari tugatiladi.
Işonçnomaning majburiy yozma şakli va uning amal qiliş muddatini çeklaş va boşqalarni qayta körib çiqqan holda xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş orqali vakillik instituti takomillaştiriladi.













