Jahon | 18:41 / 08.04.2019
18243
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar boshlandi

Foto: RIA Novosti / Aleksey Filippov

Kremlda hamkorlik bo‘yicha Rossiya-Turkiya kengashining sakkizinchi majlisi doirasida Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasida muzokaralar boshlandi

Muzokaralarda davlatlar rahbarlari ikki tomonlama munosabatlar, jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlik, "Turk oqimi" gaz quvuri va "Akkuyu" AESi loyihalarini amalga oshirish hamda Turkiyaga S-400 zenit raketa majmualarini yetkazib berish masalalarini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Avvalroq Turkiya prezidenti Anqara Suriyada yangi operatsiya o‘tkazishga to‘liq tayyorligini va bu masalani Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muhokama qilishini ma'lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid