Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi xodimlari yashaydigan yotoqxonada yirik o‘g‘irlik yuz berdi
2019 yil 5 aprel kuni Navoiy shahar hududida joylashgan O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd etilishicha, unda shu yil 5 aprelga o‘tar kechasi noma'lum shaxslar Inspektorlar ko‘chasida joylashgan yuqoridagi korxona ishchilari vaqtincha istiqomat qiladigan yotoqxonaning 105-sonli xonasiga deraza oynasini sindirib kirib, u yerdan 4 000 Xitoy yuani va 27 mln. so‘m pullarni o‘g‘irlab ketganliklari ko‘rsatilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Karmana tumani Do‘rmon mahallasida yashovchi, yuqoridagi qo‘shma korxona ishchisi Z.R. va Buxoro viloyati Vobkent tumani Sariosiyo mahallasida yashovchi, shu qo‘shma korxona haydovchisi A.J. sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026