Toşkentning Mirzo Uluğbek va Bektemir tumanlarida Zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarni reabilitatsiya qiliş va moslaştiriş hamda öz joniga qasd qilişning oldini oliş markazlari (şelterlar) oçildi. Respublika Xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmatining Kun.uz'ga xabar berişiça, mazkur şelterlar Bektemir-Mirobod-Yaşnobod hamda Mirzo Uluğbek va Yunusobod tumanlararo reabilitatsiya markazlari sanaladi.

Prezident qarori asosida taşkil etilgan Markazlarda xalqaro tajribalarga tayangan holda zörlik işlatişdan jabr körgan şaxslarga öz vaqtida manzilli yordam körsatiş va ularni himoya qiliş, öz joniga qasd qilişga moyil xulq-atvor paydo bölişiga yöl qöymaslik va uning oldini oliş kabi işlar amalga oşiriladi.

Foto: Xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmati

Markazlarda zöravonlik qurboniga aylangan ayollar uçun şoşilinç ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam körsatiş, zarurat bölganda, ularga qöşimça yordam körsatiş işlari taşkil etilgan. Şuningdek Markaz faoliyati doirasida ayollarni u yoki bu kasbga tayyorlaş böyiça yordam körsatiladi.

Xuddi şunday reabilitatsiya markazlarini Sergeli-Yakkasaroy, Şayxontohur-Olmazor, Uçtepa-Çilonzor tumanlararo markazlari sifatida oçiş rejalaştirilgan.

Foto: Xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmati
Foto: Xotin-qizlar qömitasi matbuot xizmati

Şelterlar joylaşgan aniq manzillar ayollarning xavfsizligini ta'minlaş maqsadida sir tutiladi.

Oğir ahvoldagi ayollarga yordam beriş maqsadida Respublika doirasida yagona qisqa 1146 raqamli işonç telefoni işga tuşirilgan.