Dariğa Nazarboyeva Qozoğiston prezidentligiga öz nomzodini qöymasligi haqida OAVda paydo bölgan ma'lumotga izoh berdi. Bu haqda Zakon.kz xabar qilmoqda.

OAVda uning yordamçisi Saula Mustafoyeva tomonidan berilgan xabar tarqaldi. Unda parlament senati spikeri Dariğa Nazarboyeva Qozoğiston Respublikasi prezidenti saylovlariga öz nomzodini qöyişni rejalaştirmayotgani haqida aytiladi.

- Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq mamlakatning istalgan fuqarosi öz nomzodini qöyişi mumkin. Siyosiy partiyalar ilgari suriladigan nomzodlar böyiça qaror qabul qiladi, - deya izoh bergan Dariğa Nazarboyeva tarqalgan ma'lumotga.

Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, saylovlar natijasi Qozoğiston xalqiga boğliq bölib, hammasi qonun doirasida bölişi kerak.

Biroq, Dariğa Nazarboyeva partiya unga saylovlarda öz nomzodini ilgari suriş böyiça taklif bilan çiqsa, uni qabul qilişi yoki rad etişi masalasiga oydinlik kiritmadi.

Qozoğistonni deyarli 30 yil boşqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni iste'foga çiqdi. Bunga qadar mamlakat parlamenti senatining raisi bölgan Qosim-Jomart Töqayev davlat rahbariga aylandi. Prezidentning vakolat muddati 2020 yil öz yakuniga yetadi. Seşanba kuni Töqayev respublika prezidenti lavozimi uçun muddatdan oldingi saylovlar 9 iyun kuni bölib ötişi haqida ma'lum qildi.