Jamiyat | 16:25 / 09.04.2019
22479
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda viloyatlararo yo‘llardagi beton to‘siqlar balandligini oshirish taklif qilindi

Foto: KUN.UZ

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida viloyatlararo yo‘llardagi beton to‘siqlarning balandligini oshirish haqida petitsiya e'lon qilingan

“Bugun yurtimiz yo‘llari kundan-kunga yaxshilanib, yangilanib, ularning xavfsizligiga katta e'tibor berilyapti. Bu juda yaxshi. Lekin hali sohada qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ham talaygina”, - deyiladi murojaatda. 

Bildirilishicha, kechki vaqtda viloyatlararo yo‘llarda beton to‘siqlarning pastligi sababli qarama-qarshi tomondan kelayotgan transport vositasining chiroqlari ko‘zni qamashtirib, turli avtohalokatlarga sabab bo‘lmoqda.

“Taklifim, viloyatlararo yo‘llarni ikkiga ajratish uchun qo‘yilgan beton to‘siqlar balandligini mutaxassislar bilan o‘rganib chiqib, qo‘shimcha 40-50 sm.ga ko‘tarish, bunday betonlarning standartlariga o‘zgartirish kiritish lozim”, - deb yozadi petitsiya muallifi. 

Qayd etilishicha, shunda yo‘llarda turli baxsiz hodisalar soni yanada kamayadi.

Bundan oldin, “Chilonzor” metro bekati ustida yer usti yo‘l o‘tkazgichini qurish taklif etilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid