Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Prezident maktabi qurilish ishlari boshlandi
Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati
Joriy yilda Qoraqalpog‘istonning Nukus hamda Xorazmning Xiva shahrida Prezident maktablarining qurilish ishlari boshlangan edi. Ayni paytda poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida ham Prezident maktabining qurilish ishlari olib borilmoqda.
2019 yilning 20 fevralida Prezident Shavkat Mirziyoev “Prezident maktablarini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, Prezident maktablari mamlakatning barcha hududlarida bosqichma-bosqich tashkil etiladi.
Prezident maktablariga qabul Xalq ta'limi vazirligi tomonidan yurtimiz ta'lim muassasalarining 4-sinf bitiruvchilari orasida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan mantiqiy fikrlash testlari, yozma imtihon va suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Maktabning yillik qabul kvotasi 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, ikkita sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi. Birinchi o‘quv yilida esa har bir Prezident maktabining 5-10-sinflariga jami 144 nafar o‘quvchi o‘qishga qabul qilinadi.
O‘quv jarayoni xorijiy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari bo‘yicha ingliz tilida amalga oshiriladi va “STEAM - ta'lim” (Science - tabiiy fanlar, Technology - texnologiya, Engineering - texnik ijodkorlik, Art - san'at, Mathematics - matematika) dasturi asosida olib boriladi.
Prezident maktabining 9-11-sinflarida ta'lim olish o‘quvchilarning qiziqishiga ko‘ra ayrim fanni tanlash va ularni o‘rganish darajasini inobatga olgan holda individual o‘quv jarayoni asosida amalga oshiriladi.
Prezident maktablari bitiruvchilari belgilangan tartibda davlat tomonidan tasdiqlangan shahodatnoma, attestat bilan bir qatorda, xalqaro darajadagi tegishli dastur diplomi (International Baccalaureate, Advanced Placement yoki International Advanced Levels)ga ega bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, xorijiy oliy o‘quv yurtlariga kirish imkonini beradi.
Kembrij Universitetining Cambridge Assessment International Education brendi ostida faoliyat yurituvchi Imtihon Kengashi Prezident maktablariga qabul imtihonlarini tashkil etishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
20:49 / 02.01.2026
Amirsoy va Bildirsoyga olib boruvchi yo‘lda bir tomonlama harakat tashkil etildi
09:02 / 30.12.2025
Toshkent shahar hokimining transport va yo‘l infratuzilmasi bo‘yicha o‘rinbosari tayinlandi
12:40 / 26.12.2025