Ukrainaning amaldagi prezidenti Pyotr Poroşenko saylov ştabi vakili Oleg Medvedev prezident lavozimiga nomzod – şoumen Vladimir Zelenskiyni AQŞning sobiq prezidenti Ronald Reygan bilan emas, balki hajviy aktyor Çarli Çaplin bilan qiyoslaş töğriroq bölişini aytdi.
Ukraina prezidenti saylovlarining 1-bosqiçidan bir kun avval “1+1” telekanalida AQŞning 40-prezidenti Ronald Reygan haqida ukrain tilida “Reygan” hujjatli filmi namoyiş qilingan. Filmga aynan Zelenskiy ovoz bergan. BBC telekanali tomonidan olingan film aktyorlik kasbini siyosatçiga özgartirib, katta muvaffaqiyatlarga erişa olgan 40-prezidentning hayoti haqida sözlaydi. Siyosatşunoslar şu tariqa Zelenskiy ştabida u va Reygan örtasida öxşaşlik borligini körsatişga harakat qilingan, deb hisoblaşgan.
“Ular (Zelenskiy jamoasi) Zelenskiy va Reygan örtasida öxşaşlikni körsatişga harakat qilişdi. Fikrimça, Zelenskiy va Çarli Çaplin örtasida öxşaşlikni körsatiş töğriroq böladi. Reygan suratga oliş maydonçasi yoki sahnadan siyosatga ötmagan. U bunga önlab yillarga teng, jumladan ikki marta yutqazilgan kampaniya, Kaliforniyaning 2 marta gubernatori bölişdek yölni bosib ötgan”, deb aytgan Medvedev brifingda.
Ukrainada prezident saylovlarining hal qiluvçi 2-bosqiçi 21 aprelda bölib ötadi.


















