O‘zbekiston | 14:00 / 12.04.2019
5759
2 daqiqa o‘qiladi

Statistika qo‘mitasi yangi kompaniyalar soni keskin o‘sgani haqida xabar berdi

Foto: Shutterstock

2019 yilning yanvar-mart oylarida respublikada 31,6 mingtaga yaqin korxonalar va tashkilotlar yangi tashkil etildi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,1 mingtaga ko‘p, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni o‘tgan yilning shu davriga solishtirilganda 54,3 mingta (18,3%)ga o‘sgan hamda ularning umumiy soni 350,7 mingtani tashkil etgan. 

Yangi tashkil etilgan korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari kesimida, eng ko‘p savdo (13619 ta), sanoat (6455 ta), qurilish (2799 ta) va qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi (1860 ta) sohalarida yangi tashkil etilgan. Eng kami esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (301 ta), axborot va aloqa (370 ta) hamda tashish va saqlash (879 ta) faoliyat turlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlarning asosiy qismi Toshkent shahri (6495 ta), Samarqand (3077 ta), Toshkent (2942 ta) va Farg‘ona (2925 ta) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Sirdaryo (816 ta), Navoiy (944 ta) hamda Jizzax (1365 ta) viloyatlarida korxona va tashkilotlarni tashkil etish ko‘rsatkichi past darajani aks ettirgan. 

Mavzuga oid