O‘zbekiston | 14:57 / 12.04.2019
8347
2 daqiqa o‘qiladi

Xalq ta'limi vazirligi huzurida yangi markaz tashkil etiladi

Foto: KUN.UZ

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim samaradorligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.

Xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim muassasalari xodimlari va to‘garak rahbarlarini tegishli mutaxassislik yo‘nalishida malaka oshirish tizimini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi huzurida Maktabdan tashqari ta'lim tizimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etilishi mumkin.

Zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida, shu jumladan masofaviy ta'lim texnologiyalarini qo‘llagan holda ixtisoslashtirilgan to‘garaklar yo‘nalishlari bo‘yicha xalq ta'limi tizimidagi maktabdan tashqari ta'lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish Markazning asosiy vazifasi etib belgilansin.

Belgilab qo‘yilishicha:

Markaz faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar doirasida amalga oshiriladi;

Markazga O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri tomonidan lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan rektor rahbarlik qiladi;

Markazni yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirish, shu jumladan A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutining tegishli xodimlari hisobidan amalga oshiriladi;

Markaz Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasi, 72-A uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid