Indoneziyada 17 aprelda ötadigan parlament saylovlarida iştirok etuvçi nomzodlar orasida Mixail Gorbaçyov ismli nomzod ham bor bölib, biroq rostini aytganda, gap sobiq ittifoq yetakçisi haqida emas, balki uning indoneziyalik adaşi haqida bormoqda. Bu haqda France-Presse axborot agentligi xabar berdi. 

Töliq ismi Mixail Gorbaçyov Dom bölgan 32 yoşli siyosatçi Indoneziya tarixida eng katta kölamli saylovlarda iştirok etuvçi 245 ming nomzodlardan biri böldi.

Sobiq ekolog-tadqiqotçi uning adaşi, Nobel mukofoti sovrindori Mixail Gorbaçyov sobiq ittifoqning parçalanişiga olib kelgan islohotlarni boşlagan 1986 yilda tuğilgan. 

Indoneziyalik Gorbaçyov AFP’ga bergan intervyusida öz ismining kelib çiqişi tarixi bilan bölişgan.

Uning ta'kidlaşiça, ota-onasi qiz farzand körişlariga işonişgan va öğil farzand körganlarida unga ism tanlab qöymaganliklari sababli sarosimaga tuşib qolişgan. Bola ota-onasi Gorbaçyovning ismiga gazetada közlari tuşmagunça bir hafta ismsiz yaşagan. 

“Otam bu ismni qiziq deb hisoblagan, çunki u Sovet ittifoqida obröli yetakçi bölgan va otam meni uning şarafiga ataşga qaror qilgan”, deb tuşuntirib ötgan Gorbaçyov.

Uning aytişiça, unga ösmirlik vaqtida bunday antiqa ism bilan oson bölmagan va u hanuzgaça uni Gorba deb çaqirişlarini ma'qul köradi. Biroq keyinçalik bu ism unga ekologiya sohasidagi köp yillik sa'y-harakatlari muvaffaqiyat keltirmagaç, siyosatga kirişga jazm qilişida yordam bergan.

“Men öz ğoyalarimni amalga oşiriş uçun siyosat bilan şuğullanişim kerakligini anglaganman. Bugun bu ism mening foydamga işlamoqda. Odamlar yuzimni eslab qololmasalar ham, bunday ismni heç qaçon yodlaridan çiqarmaydilar”, deb ta'kidlab ötgan indoneziyalik Gorbaçyov.