Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje In KXDR yetakçisi Kim Çen In bilan muzokaralarning törtinçi raundiga tayyorgarlik körmoqda, bu haqda u duşanba kuni öz ma'muriyatidagi yiğilişda ma'lum qildi. «Ryonxap» mahalliy axborot agentligi şu haqda xabar tarqatdi.

«Hozir Janub va Şimol örtasida oliy darajadagi muzokaralarga tölaqonli tayyorgarlik köriş vaqti keldi», - deya prezidentning sözlarini keltiradi agentlik. Uning baholaşiça, KXDR ham «muloqotni davom ettiriş istagini körsatdi».

Bundan oldin, KXDR yetakçisi Kim Çen In AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan uçinçi sammitni ötkazişga tayyor ekani haqida ma'lum qilgandi. Uning sözlariga köra, Tramp bilan munosabatlar Xanoydagi oxirgi uçraşuv muvaffaqiyatsiz bölganiga qaramasdan, yaxşi darajada saqlanib qolmoqda.

Kim Çen Inning qöşimça qilişiça, uçinçi sammitni ötkaziş uçun AQŞ hukumati Koreya yarim orolini yadrosizlantiriş yuzasidan muzokaralarga öz yondaşuvini özgartirişi kerak. Uning qayd etişiça, joriy yil oxirigaça Vaşington bunday «jasur» qaror qabul qilişini kutişga tayyor.

«Rais Kim Çen Inning bunday xohişini yuqori baholayman va mamnuniyat bilan qabul qilaman», - dedi Mun Çje In.