Roğun GES direksiyasi suv omborini töldiriş boşlangani haqidagi xabarni tasdiqladi. Bir hafta avval Roğun GES suv omboriga töğondagi profilaktik ta'mirlaş işlarini bajariş va birinçi gidrouzel işini tekşiriş uçun suv tuşirilgani ma'lum bölgandi.

«Ta'mirlaş işlari tugadi. Suv omborida 60 metrlik körsatkiçga yetgaç, gidrouzelning birinçi agregati qayta işga tuşiriladi», - deya xabar berdi Roğun GES direksiyasidagi manba. Avvalroq, rejaga köra ta'mirlaş işlari 31 martgaça davom etişi xabar qilingandi.

Roğun GES qurilişi böyiça boş pudratçi Salini Impregilo kompaniyasi vakillarining 15 aprel kuni xabar qilişiça, suv ombori öng qirğoğidagi ta'mirlaş işlari töliq yakunlangan hamda kompaniya muhandisi suv omborini töldiriş uçun ruxsat bergan.

«Roğun GES» OAJ vakillari 6 aprel kuni anonimlik şartiga köra, suv töğonda ta'mirlaş işlarini bajariş maqsadida tuşirilgani haqida xabar qildilar. Boşqa manbalar suv tuşirilişi suv omborida suv sizib çiqiş bilan boğliq ekanini bildirişgan. Biroq, mutaxassislar bu ma'lumotni rad etdilar. «Töğonni qurişda suv omborida suvni filtrlaş kuzatilmoqda. Bu tabiiy jarayon va taşvişga sabab yöq», - deydi manba.

Bundan oldin, Tojikiston Roğun GES böyiça Jahon bankidan yordam söragandi.

Tojikiston hozirga qadar Roğun GESni asosan öz mablağlari hisobiga qurgan. Mamlakat Moliya vazirligi ma'lumotiga köra, 2019 yilda uşbu maqsadlar uçun budjetdan 2 milliard 100 million somoniy (222 million AQŞ dollari) ajratiladi. Ötgan yili 4,7 milliard somoniy gidro elektr stansiyani qurişga ketdi, ulardan 3,4 milliardi - budjet mablağlari, qolgan qismi esa 2018 yilga Tojikistonga ajratilgan yevrobondlardan olindi.