17 aprel kuni Özbekiston Respublikasi Markaziy bankida Markaziy bank raisining örinbosari Botir Zohidov, Banklararo milliy protsessing markazi direktori Şuhratbek Qurbonov va bankning boşqa mas’ul vakillari iştirokida Humo tölov tizimining taqdimoti bölib ötdi.
Matbuot anjumanida yangi tölov tizimining imkoniyatlari, uni tatbiq qiliş işlari va 2019 yilga möljallangan rejalar töğrisida ma’lumot berildi, deb xabar berdi tadbirda qatnaşgan Kun.uz muxbiri.

Imkoniyatlar
Zamonaviy tölov infratuzilmasi, xalqaro tölov tizimlari (VISA, MasterCard, Union Pay) bilan integratsiya, yagona tölov maydoni va milliy tölov svitçiga ega Humo tölov tizimining xususiyatlari quyidagilardan iborat:
● bir tegişda tölovlar (kontaksiz tölov);
● HUMO, MasterCard, VISA, Union Pay tizimlari uçun yagona infratuzilma (POS, ATM);
● zamonaviy xizmatlar va sodiqlik dasturi;
● oçiq standartlar;
● in-house protsessingida karta va terminallarga xizmat körsatiş imkoniyati;
● Merchant Fee (tijoriy ekvayring, dökonga terminal qöyib bergani uçun bankning terminaldan tölangan pullardan qançadir foizini olib qolişi) va Interchange Fee (agar terminalga pul terminal qöygan bank emas, boşqa bank çiqargan plastikdan tuşsa, "terminal egasi-bank" olgan foizining qandaydir qismini plastik karta çiqargan bankka ötkazişi) tatbiq qilinişi;


Tavsiya etiladigan tariflar:
● Tijoriy ekvayring uçun tölov – 0,2%gaça;
● Interçendj (IRF) – 0,06% gaça;
● Internet ekvayring uçun tölov – 1%gaça;



















