Toşkent viloyati hududidagi «Angren» iqtisodiy zonasi «Inçxon» erkin iqtisodiy zonasi boşqaruviga beriladi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Mun Je Inning Özbekistonga taşrifi doirasida ötkazilgan biznes-forum vaqtida kelişuvga erişilgan.
Biznes forumda ikki tomonlama manfaatli kelişuvlarga erişilgan.
«Angren» iqtisodiy zonasini «Inçxon» erkin iqtisodiy zonasi boşqaruviga beriş, «Böstonliq-farm» hududida eng zarur dori vositalari işlab çiqariş böyiça kelişuvlar alohida e'tiborlidir», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Prezident Janubiy Koreya işbilarmonlarini mamlakatimiz iqtisodiyotidagi yangi imkoniyatlardan faol foydalanişga çaqirgan.
Bundan avvalroq, Epsilon Development Company (AQŞ) Avstriyaning Oberhofer Projektmanagement kompaniyasi bilan şeriklikda «Angren» erkin iqtisodiy zonasida metall konstruksiyalar işlab çiqaradigan yangi zavod qurişga 100 million yevro investiya kiritişi haqida xabar berilgandi.
Eslatib ötamiz, ötgan oyda Rossiyadagi xususiy kompaniya - «ProgressGorTex» MÇJ şö'ba xöjalik jamiyati işonçli boşqaruvçi «Özbekiston temir yöllari» AJning «Özbekkömir» AJ ustav kapitalidagi 45 foiz aksiyalari paketining işonçli boşqaruvçisi sifatida jalb etilişi ma'lum bölgandi.
Fevral oyida esa prezident «Farğona neftni qayta işlaş zavodi»ni investorlarning işonçli boşqaruviga beriş böyiça topşiriq bergan edi. Aprel oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti «Farğona neftni qayta işlaş zavodini töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb qilgan holda modernizatsiya qiliş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorni imzoladi.
«Farğona neftni qayta işlaş zavodi» qanday şartlarda sotilmoqda?











