Hukumat qarori bilan şaharçalar, qişloqlar va ovullar, şuningdek, şaharlardagi, şaharçalardagi, qişloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yiğinlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan işonçnomalarni tasdiqlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, “Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasiga muvofiq fuqarolar yiğinining raisi (oqsoqoli) xat-xabarlarni, şu jumladan pul va posilkalarni olişga, iş haqini hamda mehnat munosabatlari bilan boğliq bölgan boşqa tölovlarni olişga, mualliflar va ixtiroçilarga tölanadigan haqlarni, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarni, şuningdek, banklardan summalarni olişga işonçnomalarni tasdiqlaşi mumkin.
Fuqarolar yiğinining raisi (oqsoqoli) tomonidan tasdiqlanayotgan işonçnomalarga fuqarolar yiğinlarining nomlari qayd etilgan muhr bosiladi.
Fuqarolar yiğinining raisi (oqsoqoli) işonçnomalarni tasdiqlaşda quyidagi huquqlarga ega:
işonçnomaning loyihalarini tuziş va işonçnomaga doir masalalar yuzasidan tuşuntirişlar beriş;
jismoniy şaxslardan işonçnomalarni tasdiqlaş uçun zarur bölgan hujjatlarni talab qilib oliş.
Fuqarolar yiğinining raisi (oqsoqoli) işonçnomalarni tasdiqlaşda:
jismoniy şaxslarga öz huquqlarini amalga oşirişda va qonuniy manfaatlarini himoya qilişda kömaklaşiş, ularning huquq va majburiyatlarini tuşuntirib berişga;
tomonlar taqdim etgan işonçnoma loyihalarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini tuşuntirib beriş, ularning mazmuni tomonlarning asl maqsadiga mos keliş-kelmasligini va qonun talablariga zid keliş-kelmasligini tekşirişga;
qonun hujjatlariga mos kelmaydigan işonçnomalarni amalga oşirişni rad etişga;
işonçnomalarni tasdiqlaş vaqtida fuqarolar yoki mansabdor şaxslar tomonidan qonun hujjatlari buzilganligini aniqlagan taqdirda, zarur çoralar köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi tegişli organlarga bu haqda xabar qilişga majbur.
Işonçnomalar davlat tilida rasmiylaştiriladi. Rasmiylaştirilgan işonçnoma matni fuqarolarning talabiga binoan fuqarolar yiğinining raisi (oqsoqoli) tomonidan rus tilida yoki imkoni bölsa, boşqa maqbul tilda beriladi.
Agar, işonçnoma murojaat qilgan şaxs tuşunmaydigan yoki yaxşi bilmaydigan tilda rasmiylaştirilsa, unda işonçnoma matni fuqarolar yiğinining raisi (oqsoqoli) yoki murojaat qilgan şaxs tanigan tarjimon tomonidan oğzaki tarjima qilinişi mumkin. Bu haqda hujjat matniga va tasdiqlovçi yozuvga kim tomonidan tarjima qilinganligi va matn mazmuni tuşuntirilganligi haqida fuqarolar yiğinining raisi (oqsoqoli) tomonidan yozib qöyilişi, imzolanişi va muhr qöyilişi kerak. Bunday holda murojaat qilgan şaxs özi biladigan tilda ismi, familiyasi, otasining ismini töliq yozib, imzo qöyadi.
















