Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Siti» «Tottenhem»dan «qasos olib», birinchi o‘ringa qaytdi
Angliya Premer-Ligasida 35-turdan o‘rin olgan bir o‘yin yakunlandi.
«Manchester Siti» o‘z maydonida «Tottenhem» bilan o‘ynadi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 5-daqiqada Foden tomonidan urildi.
O‘yinning birinchi bo‘limida mezbonlarning yetakchi futbolchisi Kevin de Bryuyne jarohat olib, maydonni tark etdi va uning o‘rniga Fernandino o‘yinni davom ettirdi.
Bu natijadan so‘ng, «Manchester Siti» 86 ochko jamg‘arib, «Liverpul»dan 1 ochko o‘zib ketgan holda peshqadam bo‘lib oldi. «Tottenhem» esa 67 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni «Siti» YeChLning chorakfinalida ikki uchrashuv yakuniga ko‘ra «Tottenhem»ga mag‘lub bo‘lib, turnirdagi ishtirokini to‘xtatgandi.

APL, 35-tur
Manchester Siti – Tottenhem 1:0
20 aprel, «Etihad Stedium»
Gol: 1:0 – 5 Foden.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Laport, Uoker, Zinchenko, Gyundogan, de Bryuyne (Fernandino, 38), Bernardu Silva, Foden (Silva, 85), Sterling, Aguero (Sane, 66).
Tottenhem – Gassaniga, Devis, Vertongen, Alderveyreld (Lorente, 78), Foyt, Lukas Moura, Dayyer (Vanyama, 61), Eriksen, Alli (Rouz, 69), Sanches, Son Hyon Min.
Ogohlantirish: Vanyama (86).
Mavzuga oid
12:01 / 25.05.2026
«Arsenal» kubok ko‘tardi, «Siti» va «Liverpul» afsonalari bilan xayrlashdi
15:56 / 22.05.2026
«Ketishim sababini so‘ramang». Gvardiola «Siti» bilan xayrlashdi
02:16 / 20.05.2026
Rasman: «Arsenal» 22 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya chempioniga aylandi
16:55 / 19.05.2026