Ijtimoiy tarmoqlarda «Feysbuk»ning «Xorazm va xorazmliklar» guruhida talaba qizning turmuşga çiqarilişi bilan boğliq video tarqaldi.
Videolavhaga şunday izoh berilgan (mazmun saqlangan holda tahrirlandi): «Urganç Tibbiyot kolleji direktori Muborak opa Ahmedova savobli bir taşabbus körsatdi. Kollejda tahsil oluvçi çin yetim talaba qizni öz qiziday qilib uzatdilar, şahar hokimligi boşçiligida, kollej ma'muriyati va mahalla faollari iştirokida xalqqa oş berildi. Bunday savob işlarni qiliş har kimning ham qölidan kelmaydi. Eng qiziği, qizni kollej binosidan yor-yor sadolari ostida, boşqa qizlar kuzatuvida uzatdilar. Kuyovnavkarlar ham kollejga kelişdi. Muborak opani hamişa Alloh qöllasin. Xayrli işlarga qöl uribsiz, savobidan bahramand bölib yuring».

















