11-17 aprel kunlari jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyati Örtaçirçiq tuman sudi sudyasi X.Xotamov raisligida Nurafşon şahridagi 12-bolalar va san'at musiqa maktabida oçiq sayyor sud majlisi ötkazildi.

Sud sudlanuvçi N.A.ga nisbatan jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi («Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burçini bajarayotgan şaxsga qarşilik körsatiş») doirasidagi işni körib çiqdi.

Ma'lum bölişiça, N.A. 2018 yilning 21 sentyabrga ötar keçasi tungi soat 04:00lar atrofida «Ğiştköprik» çegara bojxona postining Qozoğiston Respublikasidan Özbekiston Respublikasiga kiriş zalida tekşiruvdan ötkazilgan. U post inspektorlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining me'yordan ortiqça tovar - moddiy boyliklar olib ötmaslik holatlari tekşirilayotganda ularga qattiq qarşilik qilgan.

U bojxona talablariga böysunmay, inspektor N.Rasulovani haqorat qilgan, tinçlantirmoqçi bölgan inspektor A.Rajabovning xizmat kiyimidagi maxsus unvonining (pogoni) bir tomonini yulib olgan. U şuningdek, axloqqa zid harakatlarini videotasvirga tuşirayotgan inspektor S.Abdullayevaning qöliga yengil jarohatlar yetkazgan.

Sud taraflar fikrlari va dalillarini örganib çiqdi. Fuqaro A.N. Jinoyat kodeksining 219-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topildi. Unga iş haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda, 2 yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi.

Şuningdek, Örtaçirçiq tuman IIB tomonidan kiritilgan mahkumlar B.Böriyev, O.Madraximov, K.Pisenov, J.Pulatov, F.Radjapov, M.Raximov, S.Usmanov va A.Xabibullayevga tayinlangan axloq tuzatiş işlari jazosini ötalmay qolgan qismini ötaşning muddatidan ilgari şartli ravişda ozod etiş töğrisidagi taqdimnomasi qanoatlantirildi.