Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi, Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi va Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş inspeksiyasi faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi töğrisidagi nizomga köra, agentlik fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada havo kemalari parvozlarining xavfsizligini, şuningdek, noqonuniy aralaşiş harakatlaridan himoya qilişni ta'minlaş böyiça Özbekiston Respublikasi aviatsiya ma'muriyati funksiyasini amalga oşiruvçi davlat organi hisoblanadi.

Quyidagilar agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

havo hududidan foydalanuvçilarning Özbekiston Respublikasi havo hududidan xavfsiz foydalanişlari, parvozlar insonlar soğliği va hayotiga, atrof-muhitga hamda davlat manfaatlariga xavf solmagan holda amalga oşirilişini ta'minlaş, öz vakolatlari doirasida havoda harakatlanişga xizmat körsatiş taşkil etilişini va Özbekiston Respublikasining havo hududidan foydalanişni nazorat qiliş;

Özbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi va uning obektlarining xavfsiz faoliyat körsatişini, şuningdek, aviatsiyani noqonuniy aralaşiş harakatlaridan himoya qiliş çoralarini amalga oşiriş orqali havo kemalari yölovçilari hamda ekipaj a'zolarining hayoti va soğliği xavfsizligini ta'minlaş;

parvozlar xavfsizligini ta'minlaş böyiça fuqaro aviatsiyasi faoliyati sohasidagi sertifikatlaş işlarini taşkil etiş va ta'minlaş;

fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasida davlat nazoratini olib boriş;

xalqaro taşkilotlarda Özbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi manfaatlarini ifoda etiş.

Özbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Temir yöllarda yuk va yölovçilar taşiş xavfsizligini nazorat qiliş inspeksiyasi töğrisidagi nizomga köra, “Öztemiryölnazorat” inspeksiyasi poyezdlar harakati xavfsizligini ta'minlaş sohasida çora-tadbirlar işlab çiqiş, amalga oşiriş va muvofiqlaştiriş funksiyalarini bajaruvçi, davlat va xöjalik boşqaruvi organlari hamda temir yöl transporti sohasida faoliyat yurituvçi boşqa taşkilotlar tomonidan temir yöl transporti sohasidagi harakat xavfsizligini ta'minlaşga oid belgilangan qoida va normalarga rioya etilişi yuzasidan davlat nazoratini amalga oşiruvçi, şuningdek, umumiy foydalanişdagi temir yöl transporti taşkilotlari va korxonalarida qozonxona obektlari va kötariş inşootlaridan xavfsiz foydalanişni nazorat qiluvçi davlat boşqaruvi organi.