Nur Otan partiyasi raisi Nursulton Nazarboyev Qosim-Jomart Toqayevni Qozoğiston prezidentligiga nomzod sifatida ilgari surişni taklif qildi. Bu haqda Tengrinews.kz xabar bermoqda.
"Yangi rahbariyatga xalqning yuksak işonçi böladi. Partiya raisi sifatida Qosim-Jomart Toqayev nomzodini körib çiqiş uçun taklif etaman. Senat raisi sifatida u parlamentarizm taraqqiyotiga katta hissa qöşdi. U ötgan yillar davomida mening sodiq tarafdorim bölib keldi", - dedi Nursulton Nazarboyev Nur Otan’ning navbatdan taşqari XIX qurultoyida.
Qurultoyda barça darajadagi deputatlar, siyosiy kengaş a'zolari, partiya faxriylari, mintaqaviy filiallar, birlamçi partiya taşkilotlari vakillari va “Jas Otan” yoşlar qanoti faollari iştirok etmoqda.
Qosim-Jomart Toqayev Qozoğistonning amaldagi prezidenti sanaladi. Aprel oyi boşlarida davlat rahbari 9 iyun kuni mamlakatda navbatdan taşqari prezidentlik saylovlari bölib ötişi haqida e'lon qildi.
Nazarboyev öz partiyasini zudlik bilan prezidentlikka nomzod körsatişga çaqirdi
















