24 aprel kuni soat 21:00dan 26 aprel 9:00ga qadar Toshkent shahridagi ichimlik suvi tarmoqlarida ta'mirlash-sozlash ishlari olib borilishi munosabati bilan ayrim aholi turar joylari va obektlarda suv ta'minoti to‘xtatiladi.
“Suvsoz” DUK vaqtincha ichimlik suvi ta'minoti to‘xtatilgan hududlarga maxsus mashinalarda suv yetkazilishini ma'lum qilgan va keltirilayotgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Chilonzor tumanida:
— Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida;
— Toshkent shahar bojxona boshqarmasida;
— Toshkent shahar hokimligida;
— Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali teatrida;
— Xalqlar do‘stligi saroyida;
— Toshkent shahar 5-sonli yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida;
— Olmazor mavzesidagi 8/1, 8/2 raqamli 2 qavatli uylarda, 6/7, 8, 9, 9A, 10, 14, 15, 15/3, 16, 16/1 raqamli 9 qavatli uylarda;
 
Shayxontohur tumanida:
— “Taxtapul” mahallasida;
— To‘rtqo‘rg‘on ko‘chasida;
— Adham Rahmat ko‘chasida;
— A.Rahmat 1 tor ko‘chasida;
— Taxtapul ko‘chasida;
— Labzak ko‘chasida;
— S.Xo‘jayev ko‘chasida;
— Mulla To‘ychi ko‘chasida;
— Taxtapul 1 tor ko‘chasida;
— Taxtapul 4 tor ko‘chasida;
— Taxtapul 5 tor ko‘chasida;
—  Toshkentboyev ko‘chasida;

Kox ota mahallasida:
— Soy bo‘yi ko‘chasida;
— Aeroplan ko‘chasida;
— Faol ko‘chasida;
— Kox ota ko‘chasida;
— A.Sog‘uniy ko‘chasida;