Qatar poytaxtida ötkazilayotgan yengil atletika böyiça Osiyo çempionatida terma jamoamiz vakillarining muvaffaqiyatli iştiroki davom etmoqda. 

23 aprel kuni atletlar navbatdagi medallarini balandlikka sakraş yönalişida qölga kiritişdi.

Qit'ada tengsiz hisoblanadigan Svetlana Radzivil hamda Nadiya Dusanova Dohada ham birga şohsupaga kötarilişdi. Mazkur qit'a çempionatida ğoliblik Nadiya Dusanovaga nasib etdi. Hamyurtimiz oltin medalni qölga kiritişi uçun 1.90 metr balandlikdan oşib ötişi talab etildi.

Svetlana Radzivil bu safar bronza medali bilan kifoyalandi. Yurtdoşimiz qozoğistonlik raqibasi bilan birga bir xil 1.88 metr natija qayd etgan bölsa ham, urinişlar böyiça qöşni mamlakat vakilasi ustunlik qildi.

Şu tariqa mazkur musobaqada terma jamoa vakillarining jamğargan medallari 3ta oltin va 1ta bronzaga yetdi. Bugun musobaqaning sönggi kun bellaşuvlari ötkaziladi.

Ruslan Qurbonov Özbekiston yengil atletikasi tarixidan joy oldi