Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy örta ta'lim muassasalarida pullik ta'lim xizmatlarini körsatiş tartibi töğrisida nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori tasdiqlandi.

Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga köra, qaror bilan maktablarda pullik ta'lim xizmatlarini körsatiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Hujjatda pullik ta'lim xizmatlari maktabda zarur moddiy-texnik baza hamda tegişli pedagog xodimlar mavjud bölganda yoki mutaxassis jalb etilib taşkillaştirilişi mumkinligi belgilangan. Bu kabi ta'lim xizmatlari öquv dasturi böyiça öquvçiga beriladigan ta'lim-tarbiya jarayoniga xalal bermasligi kerak.

Maktablarda taşkil etiladigan ta'lim xizmatlari öquv dasturlarida nazarda tutilmagan (davlat ta'lim standartlaridan taşqari) maşğulotlar böyiça maktab direktori va öquvçilarning ota-onasi yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar örtasida şartnoma asosida körsatilişi belgilanmoqda. Asosiysi, direktor va pedagoglar tomonidan öquvçilarni pullik ta'lim xizmatlariga majburiy jalb etilişiga yöl qöyilmaydi.

Nizomga köra, ta'lim xizmatlari narxlari Kuzatuv kengaşi bilan kelişilgan holda maktab direktori tomonidan tasdiqlanadi. Tölovlar belgilangan tartibda banklar orqali maktabning hisob varaqlariga naqd pul yoki pul ötkaziş yöli bilan amalga oşiriladi.

Kam ta'minlangan oila farzandlari uçun narxlar umumiy tölovning 50 foizi miqdorida belgilanadi.

Pullik xizmat körsatişdan kelib tuşadigan mablağlarning 50 foizidan kam bölmagan miqdori öqituvçilarga haq tölaşga yönaltiriladi. Bu esa öqituvçilarning mehnatini rağbatlantirişda muhim rol öynaydi.

Mazkur hujjat maktablarda qöşimça ta'lim xizmatlari körsatişda şaffoflikni ta'minlaydi. Şu bilan birga öquv muassasasining infratuzilmasi va ta'minotini yaxşilaş uçun qöşimça mablağ topiş imkoniyatini yaratadi.

Şuningdek, Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Xalq ta'limi muassasalarini budjetdan taşqari jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va foydalaniş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş töğrisida”gi qarori ham qabul qilindi.

Qaror bilan Xalq ta'limi muassasalarini budjetdan taşqari jamğarmasi mablağlarini şakllantiriş va foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.

Uşbu Nizom xalq ta'limi tizimidagi muassasalarning köçmas mulkini ijaraga berişdan, öquvçilar uçun taşkil etilgan pullik xizmatlardan, homiylik, grant va boşqa mablağlar hisobidan şakllantirilgan budjetdan taşqari jamğarmasi mablağlaridan samarali va töğri foydalanişni tartibga soladi.