Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiyning shtabi bo‘lajak prezident uchun «qizil chiziq»ni belgiladi
Vladimir Zelenskiy prezidentligi vaqtida Ukraina o‘z yerlarini va fuqarolarini «tarqatmaydi». Bu haqda uning shtabi vakili Dmitriy Razumkov «112 Ukraina» telekanali efirida aytib o‘tdi
«Bizda ikkita qizil chiziq bor: biz Ukraina yerlari va fuqarolarini tortiq qilish, qisqa yoki uzoq muddatga ijaraga berish, foydalanish uchun bermaymiz – bu Zelenskiy prezidentligi vaqtida hech qachon yuz bermaydi», deb aytgan Razumkov.
Uning ta'kidlashicha, yangi rahbar vaqtida Rossiya bilan 2014 yilda birlashgan Qrim va 5 yildan beri ixtilof davom etayotgan Donbass Ukraina hududlari deb hisoblanadi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaning Donetsk va Lugansk viloyatlari ba'zi tumanlari aholisini Rossiya fuqaroligiga soddalashtirilgan tartibda qabul qilish haqidagi farmonini Donbassni «bosib olish»ga yoki «Ukraina ichida Rossiya anklavini yaratishga tayyorgarlik» deb atagandi.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
20:44 / 26.06.2026
«Qamalda yashayapmiz». Qrimdagi vaziyat og‘irlashmoqda
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
23:05 / 25.06.2026