Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Xöjalik yurituvçi sub'yektlarni tugatiş tartibini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori loyihasi joylaştirildi.

Hujjat bilan “Tadbirkorlik sub'yektlarini ixtiyoriy tugatiş va ularning faoliyatini töxtatiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Nizom tasdiqlanişi mumkin.

Moliya-xöjalik faoliyatini amalga oşirmagan tadbirkorlik sub'yektlarini tugatiş böyiça tumanlar va şaharlar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar tugatiladi.

Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligiga 2019 yil 1 avgustdan boşlab quyidagi huquqlar berilişi mumkin:

moliya-xöjalik faoliyatini bir yil mobaynida amalga oşirmagan, şuningdek ixtiyoriy tugatiş jarayonini boşlamagan hamda qarzi mavjud bölmagan tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyatini uç yil muddatga majburiy töxtatiş rejimiga ötkazib qöyiş;

moliya-xöjalik faoliyatini bir yil mobaynida amalga oşirmagan, qarzi mavjud bölgan tadbirkorlik sub'yektlarini bankrot deb topiş böyiça sud organlariga da'vo kiritiş;

faoliyati majburiy töxtatilgan tadbirkorlik sub'yektlarini Fuqarolik kodeksiga asosan uç yillik da'vo muddati ötgandan söng davlat reyestridan çiqariş.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Özarxiv agentligi tomonidan ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining hujjatlarini qabul qilişda xizmatlarning amaldagi narxlarni pasaytiriş çoralarini köradi.

Tadbirkorlik sub'yektlarini ixtiyoriy tugatiş va ularning faoliyatini töxtatiş çora-tadbirlari töğrisidagi nizomga köra qoidalar:

banklar va boşqa kredit taşkilotlarini;

şaharni taşkil etuvçi korxonalar va ularga tenglaştirilgan korxonalarni;

davlat organlarini, nodavlat notijorat taşkilotlarini, şu jumladan, ularning yuridik şaxslari hisoblanadigan alohida bölinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), şuningdek, xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat taşkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini;

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik alomatlari bölgan korxonalarni tugatişda qöllanmaydi;