Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Qoraqalpoğiston Respublikasining Möynoq va Qonliköl tumanlari yöl-transport kommunikatsiyalarini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi joylaştirildi.
Hujjatga köra Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesining mukammal ta'mirlaş işlari bajarilayotgan 4R 173 “Qönğirot ş.–Möynoq ş.” avtomobil yölining 91-98 kilometr qismini tasdiqlangan Boş rejaga muvofiq 4 tasmali qilib rekonstruksiya qiliş töğrisidagi taklifi ma'qullanişi mumkin.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Möynoq va Qonliköl tumanlari yöl transport kommunikatsiyalarini rivojlantiriş böyiça “Yöl xaritasi”da aytilişiça, Möynoq tumani hududidagi avtomobil yöllari rekonstruksiya qilinadi va ta'mirlanadi hamda Möynoq aeroporti rekonstruksiya qilinadi.
Möynoq tumani hududiga asfaltobeton zavodi quriladi. Yöl quriliş texnikalari va maşina-mexanizmlari quriliş maydoniga köçiriladi.
Şuningdek, yöl quriliş işlarini mavsumiyligini inobatga olib avtomobil yöllarini rekonstruksiya qilinadi va ta'mirlaş işlarini jadallaştiriş çoralari köriladi. Qozoqdaryo QFYdan Porlitoğga olib boruvçi 4N86 “Qönğirot – Möynoq” avtoyöli (168km) – Şege ovuli – Porlitoğ ovuli – Qozoqdaryo qişloği” avtomobil yölining 24-38 km qismi suv töğoni qurib bitkazilgandan söng mukammal ta'mirlanadi.

















