O‘zbekiston - Qozog‘iston davlat chegarasi demarkatsiyasi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi
2019 yilning 22- 26 aprel kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston-Qozog‘iston qo‘shma demarkatsiya komissiyasida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi Hukumatlari delegatsiyalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasi demarkatsiyasining yakuniy hujjatlari loyihalarini tayyorlash bo‘yicha ishlar davom ettirildi, deyiladi TIV xabarida.
Qozog‘iston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi mobaynida davlatlararo chegaraning ayrim uchastkalarida qo‘shma dala tekshiruvlari o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Toshkent va Jizzax viloyatlari hamda Qozog‘istonning Turkiston viloyati o‘rtasidagi Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish bo‘yicha takliflar yuzasidan fikrlar almashildi.
Muzokaralar yakunlarida delegatsiya rahbarlari – O‘zbekiston Yergeodezkadastr davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari To‘lqin Abdullayev va Qozog‘iston TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Vyacheslav Gizzatov tegishli Protokol imzoladilar.
Uchrashuvlar jadvaliga binoan navbatdagi yig‘ilish Qozog‘iston hududida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024