Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi birinchi pullik yo‘l qurilishi qachondan boshlanishi ma'lum bo‘ldi
Foto: Fotolia
2019 yilning IV choragida mamlakatdagi birinchi pullik yo‘l qurilishini boshlash rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.
Hujjatga ko‘ra, Cengiz Enerji Sanayii ve Ticaret A.S., «Kalyon», «Kolin» (Turkiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan Toshkent - Samarqand pulli avtomobil yo‘lini qurish loyihasi amalga oshiriladi.
U Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari hududidan o‘tadi. Loyiha qiymati hozirda aniqlanmoqda.
Bunda 2019 yil 2-chorakda xalqaro moliya institutlari bilan konsalting xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuzish, 2019 yil may oyida - avtomobil yo‘li marshrutini o‘rganish va dastlabki hisob-kitoblarni ishlab chiqish, 2019 yil iyunda - DXSh bitimi shartlari bo‘yicha muzokaralar olib borish, 2019 yil iyulda - bitimni imzolash rejalashtirilgan.
2019 yil 4-chorakda qurilishni boshlash va 2021 yil 4-chorakda foydalanishga topshirish mo‘ljallanmoqda.
Bundan oldin, Toshkent - Andijon pullik avtomobil yo‘li qurilishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026
Qoraqalpog‘iston va Toshkentda qalbaki dollar o‘tkazmoqchi bo‘lganlar ushlandi
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
23:15 / 11.01.2026