Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga taşrifi doirasida dastlab Sariosiyo tumanidagi Töpolang gidroelektr stansiyasini borib kördi. 

«Mamlakatimizda gidroenergetikani rivojlantiriş uçun tabiiy şaroitga ega joylar köp. Bu imkoniyatdan samarali foydalanib, energiya işlab çiqarişni köpaytiriş iqtisodiyotimizning eng muhim yönalişlaridan biriga aylandi. 

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 2 maydagi qarori bilan 2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari dasturi belgilandi. Öşa yili 18 maydagi farmonga muvofiq,  «Özbekgidroenergo» aksiyadorlik jamiyati taşkil etildi. Sohada yagona texnik siyosatni amalga oşiriş, qayta tiklanadigan energiya manbalarini özlaştiriş, mavjud gidroelektr stansiyalarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta jihozlaş va yangi quvvatlarni taşkil etişga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berildi. 

Şu asosda Töpolang gidroelektr stansiyasi ham modernizatsiya qilinmoqda. Bu yerda har biri 15 megavatt bölgan ikkita agregat işlab turgan edi. Prezidentimiz topşiriğiga muvofiq, avvaliga Töpolang suv ombori töğoni 20 metrga kötarildi. Natijada uning siğimi 380 million kub metrdan 500 millionga yetkazildi. Ayni paytda jami quvvati 145 megavattli yana ikkita agregat örnatiş böyiça iş olib borilmoqda», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida. 

Bundan taşqari, har biri qariyb 38 megavatt bölgan Zarçob-1 va Zarçob-2 kiçik gidroelektr stansiyalari ham barpo etilyapti. Şu tariqa energiya oliş quvvati jami 250 megavattga yetkaziladi.

Ahamiyatlisi şundaki, bu resurslar tabiiy va qayta tiklanuvçandir. Ekologiyaga heç qanday zarar yetkazmagan holda barqaror energiya işlab çiqarilib, sanoat korxonalari, turli idoralar va aholiga yetkazib beriladi.

Davlat rahbari yangi töğon va gidroelektr stansiyani közdan keçirdi.

- Bu tarixiy voqea, - dedi Şavkat Mirziyoyev. -  Bu işlar  kelajak uçun, bolalarimiz uçun. Kelgusida Surxondaryo gidro energiya hisobidan bemalol iqtisodiyotini ta'minlasa böladi.

Şu yerda suv omborlari va gidroelektr stansiyalari holatini monitoring qilişga ixtisoslaşgan texnik tizimlar taqdimoti ham ötkazildi.