Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent aeroporti modernizatsiyasi 470 mln dollarga baholandi
Toshkent xalqaro aeroportini modernizatsiya qilishni boshlash 2020 yil may oyiga rejalashtirilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida aytiladi.
2019 yil may oyida Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan konsultatsiya xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha bitim tuzish mo‘ljallanmoqda. Loyiha qiymati - 470 mln AQSh dollari.
2019 yil 3-chorakda DXSh loyihasi bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash, 2019 yil sentyabrida - tender takliflari so‘rovini e'lon qilish, 2019 yil dekabrida - tender takliflarini tayyorlash va topshirish, 2020 yil yanvarida - tender takliflarini baholash, 2020 yil fevralida - tender g‘olibini e'lon qilish rejalashtirilgan.
Bitimni imzolash jarayoni esa 2020 yil mart oyida bo‘lib o‘tadi.
Bundan oldin, O‘zbekistondagi birinchi pullik yo‘l qurilishi qachondan boshlanishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
18:41 / 23.06.2026
O‘zbekistonda 464 ta yonilg‘i quyish shoxobchasi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
08:12 / 12.05.2026