Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekistonda MICE turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan “2019-2025 yillarda O‘zbekistonda konferensiya, forum, kongress, ko‘rgazma, seminar va anjumanlar (MICE) turizmini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiya” tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining “O‘zbekiston kongress va ko‘rgazma” markazini tashkil etish taklifiga rozilik berilishi mumkin.
Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanadi:
O‘zbekistonda tashkil etiladigan mahalliy va xalqaro darajadagi kongress va ko‘rgazmalar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lgan obektlar to‘g‘risidagi ma'lumotlar reyestrini yuritish;
mahalliy va xalqaro darajadagi kongress va ko‘rgazmalarni tashkillashtirish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari reyestrini yuritish;
O‘zbekistonda tashkil etiladigan mahalliy va xalqaro darajadagi kongress va ko‘rgazmalar tashkilotchilari faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekistonning MICE turizmi salohiyatini jahon mamlakatlari orasida namoyon etish hamda mamlakat qiyofasini ijobiy tarzda targ‘ibot qilish;
Respublikadagi vazirlik va idoralar tomonidan O‘zbekistonda tashkil qilinadigan MICE turizmiga ixtisoslashtirilgan xalqaro darajadagi ko‘rgazmalar, yarmarkalar va kongresslar faoliyatini muvofiqlashtirish;
MICE turizmiga ixtisoslashtirilgan xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda O‘zbekiston nomidan ishtirok etish va xalqaro tashkilotlar va yirik kompaniyalar tomonidan tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha e'lon qilinadigan tenderlarda qatnashish va boshqalar.
“2019-2025 yillarda O‘zbekistonda konferensiya, forum, kongress, ko‘rgazma, seminar va anjumanlar (MICE) turizmini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyaga ko‘ra, 2019-2025 yillarda O‘zbekistonda MICE turizmini rivojlantirish konsepsiyasi turizmning ushbu turini rivojlantirish uchun qulay iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirishga erishish va turizmning mavsumiy omillarini minimallashtirish uchun zarur turistik infratuzilmani takomillashtirishga qaratilgan.
MICE turizmini maqsadli vazifalari va xalqaro tajribalariga kelib chiqib, kelgusi yillarda faol ravishda qisqa muddatda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan:
















