Maşhur marketolog işlaş asosida borişingiz mumkin bölgan uç yölni körsatib ötadi.
Frilansermisiz yoki tadbirkor? Bu qandaydir yuzaki tafovutlar emas, javobingiz barini özgartiradi.

Frilanserlarga işlagan vaqtida pul tölanadi. Frilanserlar öz mehnatini kengaytiriş bilan şuğullanişmaydi, ular haqiqiy tadbirkorlarning kiçik talqini emas. Frilanserlar ularga ehtiyoji mavjud bölgan mijozlar uçun muayyan işni amalga oşiradilar.
Agar frilanser bölsangiz va öz işingizni kengaytiriş uçun xodimlarni işga olsangiz, qopqonga tuşib qolişingiz mumkin – tez orada dastlab bajarmoqçi bölgan işingizdan voz keçişingizga töğri keladi.
Tadbirkorlar esa, aksinça, ösişni maqsad qilişgan. Tadbirkorning işi biror işni bajariş emas, uni amalga oşiradigan kompaniyani yaratiş. Meri Barra GM’da avtomobillar işlab çiqarmaydi. U işni GM’da avtomobil işlab çiqarişlari uçun taşkillaştiradi.
Amaliyotda tadbirkorlarning ikki turi mavjud: moliya jalb etuvçilar va butstrepperlar.
Moliya mablağlarini oluvçi tadbirkorlar haqida doimiy ravişda eşitasiz. Ular kompaniyani yanada rivojlantiriş uçun özga kişilarning mablağidan foydalanişadi. Kun kelib kompaniyani ommalaştirgandan keyin uni sotib yoki dividendlarni tölab, pulni qaytarişlariga töğri keladi.
Butstrepperlar-çi? Ular öz mijozlarining pulidan foydalangan holda biznes yaratişadi. Butstrepperlar mijozlar ularni bajonidil moliyalaştirişi uçun yaxşi xizmat qiliş orqali ongli tanlovni amalga oşiradilar.

Men taşqi moliya mablağiga tayangan tadbirkor bölganman. Bari omadli keçgani mening yutuğim.
Şuningdek köpinça butstrepper ham bölganman.
Hozir esa köpinça frilanser kabi işlayman (men faqat ana şunday postlar va kitoblar yozaman).
















