BMT sayyoramizdagi 8 mln turdagi jonzot va ösimliklardan bir millionga yaqini 10 yil içida yöq bölib ketişidan ogohlantirmoqda. Bu haqda BMT dokladida keltirilgan.
Hujjatda ta'kidlanişiça, xalqaro taşkilotda oxirgi 15 yil içida tabiatdagi özgarişlarni tahlil qilib, şunday xulosaga kelingan. Jiddiy muammolar ham quruqlikda, ham okeanlar, dengizlar va daryolarda yaşovçi jonzotlarga taalluqli.
“Quruqlikdagi yarim milliondan ortiq jonzot va ösimlik uzoq vaqt davomida mavjud böliş uçun zarur bölgan muhitga ega emas”, deyilgan dokladda.
Agar turlarning yaşaş muhiti tiklanmasa, ularning soni yaqin 10 yilda millionga kamayib ketişi mumkin.
BMTda ma'lum qilinişiça, odamzot har yil daryolar va okeanlarga 400 mln tonnaga yaqin oğir metallar, zaharli moddalar va boşqa çiqindilarni taşlaydi. Xususan, buning oqibatida dunyo baliq zaxiralarining uçdan bir qismi yöq bölib ketiş yoqasiga kelib qolgan.
2020 yilgaça dunyo yetakçilari BMT rahnamoligi ostida Xitoyda biologik turfa xillik masalasi böyiça muhim uçraşuv ötkazişi kutilmoqda. Mutaxassislar qirilib ketayotgan turlarni himoyalaş sohasidagi vaziyatni yaxşilaş uçun xalqaro hujjatni qabul qilişga umid qilişmoqda.

















