9 may kuni Toşkentda bir guruh özbek ziyolilari ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari «Mangu Turkiston» nomli ziyorat marosimlarini ötkazişdi.

Tadbir qatnaşçilari istiqlol qahramonlari, ilğor ğoyalar va erkinlik tarğibotçilari, istiqlol, taraqqiyot, erkinlik, imon, tilga hurmat ramzi bölmiş Alixontöra Soğuniy hazratlari va sovetlar tuzumi davrida Özbekiston mustaqilligi uçun kuraşgan Mirtemir Mirabdullayev qabrlarini, şuningdek, jadidlar ğoyalari orqali özbeklar nomini, tilini va madaniyatini jahon madaniyatiga qöşgan Abdulla Qodiriyning ramziy mozorini ziyorat etişdi.

Tadbir iştirokçilari sovet tuzumi tomonidan qatağon qilingan jadid ziyolilarining portretlarini kötarib, ularni xotirlaşdi.

Kökça va Kamolon qabristonlarida marhumlarning haqiga Qur'oni karim tilovat qilinib, ular amalga oşirgan xayrli işlar yodga olindi.

Şuningdek, şu kuni Toşkent şahridagi «Birodarlik qabristoni»da qatağon qurbonlari xotirlanib kiçik aksiya ham taşkil etilgan.