2019 yil 13 may kuni soat 13:00larda Xorazm viloyati Şovot tumanida qotillik yuz berdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, «Arbek» mahallasida yaşovçi fuqaro M.O. (1973 yilda tuğilgan) turmuş örtoği F.E.ni raşk qilib, örtalarida kelib çiqqan janjal sababli, yaşaş uyida oşxona piçoği bilan turmuş örtoğining böyin qismiga jarohat yetkazgan, oqibatda F.E. (1978 yilda tuğilgan) voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan şu kunning özida tuman prokuraturasi tomonidan M.O.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. 

M.O. tegişli protsessual tartibda uşlangan, deyiladi xabarda.