Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning Axtubinsk viloyatiga bordi va u yerda yangi aviatsion texnikalar bilan tanişdi. Putin havo kuçlarining operatsiyalarda qançalik muhim ekanini ta'kidlar ekan ovoz tezligiga ega raketalar haqida gapirdi.
«Suriyadagi harbiy operatsiyalarda havo kuçlarining qançalik muhim ekanini kördik. Ovoz tezligiga ega raketalar hozirça faqat bizda bor. Ammo boşqa katta mamlakatlarda ham yaqin yillarda bunday qurollar paydo bölişi mumkin, şu bois biz özimiz yaratgan quroldan himoyalaniş taşvişini ham qilib qöyişimiz kerak.
Boşqa armiyalarda gipertovuşli raketa majmualari qança keç paydo bölsa, biz uçun şunça yaxşi. Har ehtimolga qarşi himoyalanişning ehtiyotini qilişimiz şart»,- deydi Putin.
Rossiya yetakçisi 2018 yil mamlakat federal yiğiniga qilgan murojaatida ilk marta «Tsirkon» nomli gipertovuşli raketa majmuasi haqida gapirgandi. «Tsirkon» masofadan turib boşqariladigan raketa bölib, 9 max tezlikka erişa oladi va ming kilometr uzoqlikda joylaşgan nişonni yöq qilişi mumkin.
Rossiya mudofaa vazirligi «Kinjal» nomli gipertovuşli raketa majmuasining muvaffaqiyatli sinovi haqida ham e'lon qilgandi. AQŞ hukumati Rossiyaning bu turdagi quroli muqobilini yaratiş uçun 2,6 milliard dollar ajratmoqçi ekani ham ma'lum.
Putin Axtubinskga 6ta Su-57 qiruvçi samolyoti hamrohligida uçgan. Yangi turdagi bu uçoqlar birinçi bortni qöriqlab borgan. Putin parvozdan söng uçuvçilar bilan gaplaşişga ham ulgurdi va ularning işini «juda qiyin» deb baholadi.
Vladimir Putin bugun AQŞ Davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uçraşişi va unda Venesuela hamda Erondagi voqealar haqida gaplaşişi kutilmoqda.

















