Past Darğom tumaniga Şunqor Xudoyberdiyev hokim etib tayinlangandan söng tahririyatimizga uşbu tumandan fermerlar va tadbirkorlarning murojaatlari keskin köpaydi. Ularning barçasi tuman rahbari tomonidan taniş-bilişçilikka keng yöl oçilgani, buning ortidan normativ-huquqiy hujjatlarga bepisand qaralib, tadbirkorlar va fermerlarning huquqi toptalayotganidan yozğirişmoqda.

Masalan, Ra'no Berdiyevani olaylik. U — Past Darğom tumanidagi «Alişer Rayhon boği» fermer xöjaligi rahbari. Uç yil muqaddam yaxşi niyatlar bilan fermer xöjaligi taşkil etib, 2 gektar joyda boğ barpo etgan. Yarimpakana intensiv boğ joriy yildan hosilga kira boşladi. Bungaça hali hosilga kirmagan boği nomidan bozordan meva-çeva sotib olib, turli yarmarkalarda qatnaşgani, pilla boqib davlatga topşirib kelganini aytib ötdi.

Biroq tuman hokimligi endi bu boğni yaroqsiz, deb topmoqda. Tan oliş kerak, boğ qator oralari mehr bilan parvariş qilingan. Birorta böş joy körmaysiz. Yaroqsizligi aniq, biroq teginilmayotgan boğlar Past Darğomda ançagina. Lekin nimagadir aynan mana şu atrofdagi boğlar yaroqsiz, deb topilmoqda.

Hukumatning şu yilgi qaroriga köra, yer maydonlarini maqbullaştiriş bahonasida şu va şu hududdagi boşqa boğlar Hamza Hojimamatov boşliq «Çortut» fermer xöjaligiga birlaştirilmoqda. Endigina hosilga kirgan boğlar va uzumzorlar buzilib, böşagan yerlarga çorvaçilikka ixtisoslaşgan «Çortut» fermer xöjaligi paxta ekar emiş.

Eng qiziği, garçi, boğbonlar yerni «Çortut» fermer xöjaligiga topşiriş uçun rozilik arizasi berişmagan bölsa ham, tuman hokimining qarorida aynan şunday qilingani aks etgan. Holbuki, boğdorçilik bilan şuğullanayotgan fermerlarning aksariyati özlarining boğlarini «Alişer Rayhon boği» fermer xöjaligiga qöşiş uçun ariza yozişgan.

Agar ularga tegişli boğlar «Alişer Rayhon boği» fermer xöjaligiga qöşilsa, boğlarning umumiy maydoni 10 gektardan ortadi va hukumat qaroriga mos tuşadi. Biroq tuman hokimligi fermerlarning arizasini inobatga olmasdan yerlarni şunçaki Hamza Hojimamatov boşçiligidagi «Çortut» fermer xöjaligiga birlaştirmoqda.