Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev "Tadbirkorlik faoliyatini qöllab-quvvatlaş va himoya qiliş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmonga imzo çekdi.
Unga köra, boş vazirning tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari taşkil etilmoqda.
Tadbirkorlar murojaatlarini körib çiqiş qabulxonalari faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
• tadbirkorlik sub'yektlarini hamda xorijiy investorlarni, şu jumladan, videokonferensaloqa vositasida qabul qiliş, şuningdek, sayyor qabullar ötkaziş;
• tadbirkorlik sub'yektlarining, şu jumladan, xorijiy investorlarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga rioya qilinişini ta'minlaş;
• tadbirkorlikni rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan muammoli masalalarni körib çiqiş va mavjud byurokratik, şu jumladan, yer uçastkalari va binolar, bank kreditlari ajratiş, ruxsat beruvçi hujjatlarni oliş va boşqa masalalardagi tösiqlarni bartaraf etiş;
• tadbirkorlikni rivojlantirişga va çet el investitsiyalarini jalb etişga tösqinlik qilayotgan tizimli muammolarni monitoring qiliş, umumlaştiriş va tahlil qiliş, şuningdek bu sohadagi qonun hujjatlarini takomillaştiriş böyiça takliflar tayyorlaş;
• tadbirkorlarning muammolarini hal etiş maqsadida ularni qabul qiliş, umumlaştiriş, monitoring olib boriş va nazorat qiliş uçun samarali platforma joriy etilişini nazarda tutuvçi “business.gov.uz” yagona interaktiv portali faoliyat körsatişini ta'minlaş.
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahridagi, tumanlar va şaharlardagi Qabulxonalarni tegişli davlat xizmatlari markazlari binolarida joylaştiriş nazarda tutilmoqda.

















