Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun Rossiyaning «Rosatom» atom energiyasi böyiça davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyovni qabul qildi.

Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş sohasidagi Özbekiston-Rossiya özaro manfaatli hamkorligi izçil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Oliy darajada erişilgan kelişuvlarni röyobga çiqariş doirasida ilğor texnologiya va bilimlarni jalb etgan holda mamlakatimizda birinçi atom elektr stansiyasini quriş loyihasini tayyorlaş va amalga oşiriş böyiça yaqindan hamkorlik qilinmoqda.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida "Özatom" agentligi taşkil etilgan va faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda atom energetikasini rivojlantiriş böyiça ön yilga möljallangan konsepsiya qabul qilingan.

Bölajak AES uçun maydon tanlaş böyiça muhandislik tadqiqotlarining birinçi bosqiçi yakunlandi, xalqaro talablarga muvofiq loyihaning atrof-muhitga ta'siri baholanmoqda va texnik hujjatlar tayyorlanmoqda.

Aholini atom energetikasi va yadroviy texnologiyalarning rivoji töğrisida keng xabardor qiliş maqsadida bugun "Özatom" agentligi binosida Atom texnologiyalari axborot markazi oçildi.

Bundan taşqari, yangi öquv yilidan Toşkentda “MMFI” milliy tadqiqot yadroviy universitet filiali öz işini boşlaydi.

Uçraşuvda mamlakatimizda qabul qilingan "yöl xaritasi" asosida AES qurilişi loyihasini sifatli tayyorlaş va amalga oşirişni ta'minlaş böyiça hamkorlikni davom ettiriş masalalari körib çiqildi. Mamlakatimizda yangi tarmoqni rivojlantiriş uçun yuqori malakali kadrlarni tayyorlaşga alohida e'tibor qaratildi.

"Rosatom" davlat korporatsiyasi boş direktori Aleksey Lixaçyov samimiy qabul uçun davlatimiz rahbariga çuqur minnatdorlik bildirdi. Atom energiyasidan tinç maqsadlarda foydalaniş sohasida erişilgan kelişuvlarni öz vaqtida va keng kölamda amalga oşiriş borasidagi intiliş qat'iy ekani ta'kidlandi.