Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Alter Ego dasturida intervyu berdi va Ahmet Demir şuğullanayotgan «Çorsu» mehmonxonasini rekonstruksiya qiliş loyihasi haqida fikr bildirdi.

Ahmet Demir
Foto: Halq sözi

«Demir Özbekistonga ikkinçi marta kelganida «Çorsu» mehmonxonasiga 30 mln dollar investitsiya kiritişini aytdi. Biz mehmonxonani unga tekinga berdik. Öşandan buyon ikki yil ötdi, heç narsa qilinmadi. Men Demir bilan bir neça marta gaplaşdim. U menga «Çorsu» va ikki gektar yer berişdi, menga yana uç gektar yer kerak deydi. Hozirda bu hudud «Jar» sport majmuasiniki. Unga avval heç bölmasa mehmonxonaning old qismini bitkaz, keyin ikkinçi bosqiçni muhokama qilamiz dedim», - dedi Ortiqxöjayev.

Şahar hokimining aytişiça, Demir göyoki quriliş uçun 30 mln dollar ajratişga tayyor qandaydir Amerika kompaniyasi bilan gaplaşibdi. Buning ustiga, noma'lum investorlarga ikki emas, beş gektar yer kerak ekan.

«Investitsion maqsadlarda bepul ajratilgan yerni garov evaziga allaqanday Amerika kompaniyasiga berib yuborişga uning haqqi yöq. U buni tuşunmayapti. Öylaşimça, uning puli yöq. U qandaydir xayollar bilan boşida bu binoni olgan, ammo qölidan heç narsa kelmayapti», – dedi Ortiqxöjayev.

Eslatib ötamiz, fevral oyi boşida iqtisodiyot va sanoat vazirining birinçi örinbosari Ravşan Ğulomov Ahmet Demir «Çorsu» mehmonxonasi böyiça öz investitsiya majburiyatlarini hamon bajarmaganligini ma'lum qilgandi. 

Demir Group kompaniyasi 2017 yil sentyabrida «Çorsu» mehmonxonasi binosini kamida 33 mln dollar miqdorida investitsiya majburiyatlarini bajariş şarti bilan nol xarid qiymatida sotib olgandi. Biroq Ğulomovning sözlariga köra, investor «heç narsa qilmagan».

«Tört yulduzli mehmonxona va'da qilişgandi, katta va'dalar berilgan, 30 million xorijiy investitsiyalar aytilgan. Natijani köryapmiz. Va'dani bajariş örniga, özbek banklari pul bermagani, şuning uçun muddatlar keçikayotgani haqida gapirmoqda. Bu yerda özbek banklarining nima aloqasi bor? Investor majburiyatlarni öz zimmasiga olgan», - degandi Ğulomov.

Avvalroq, turkiyalik tadbirkor garçi mehmonxona bu yil oxiriga qadar foydalanişga topşirilişi kerak bölsa-da, hamon bir qator muammolarni hal qila olmayotgani haqida