Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov iste'foga çiqdi. Bu ma'lumotni uning özi Kun.uz’ga tasdiqladi.
«1 yildan ortiq vaqt mobaynida menga mana şunday işonç bildirilgani va katta imkoniyat yaratib berilgani uçun hukumatimizga minnatdorçilik aytib qolaman. Yurtimizda sportga qaratilayotgan yuksak e'tiborni atletlarimiz xalqaro maydonlardagi natijada aks ettira olişdi. Şu vaqt mobaynida biz bir jamoa bölib, katta-katta marralarni zabt etdik. Yurtimiz sportçilarini kelajakda ulkan yutuqlar kutib turibdi. Işonamanki, yaqinlaşib kelayotgan Tokio Olimpaidasida ular bunday işonçni oqlab qaytişadi», deydi Ahmadjonov Kun.uz muxbiri uçun bergan intervyusida.
Bugun, 15 may kuni Milliy olimpiya qömitasida boş vazir Abdulla Aripov boşçiligida mazkur masalaga bağişlangan yiğiliş bölib ötadi. Unda Ahmadjonov iste'foga çiqarilib, qömitaning yangi prezidenti e'lon qilinişi kutilmoqda.
Ayni vaqtda qömita rahbarligi uçun nomzodlar körib çiqilmoqda.
Hozirça Ahmadjonovning işdan ketiş sabablari ma'lum emas.
Ma'lumot uçun, Umid Ahmadjonov bir vaqtning özida Özbekiston futbol assotsiatsiyaning birinçi vitse-prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritadi. U ÖFFda qoliş-qolmasligi haqida hozirça aniq ma'lumot yöq.
Eslatib ötamiz, Umid Ahmadjonov 2018 yil 16 yanvar kuni Alişer Sultonov örniga qömita prezidenti etib saylangandi.
Ahmadjonov qömitaga prezidentlik qilgan davrda özbekistonlik sportçilar Osiyo öyinlarida medallar qölga kiritiş böyiça rekordni yangiladi (21ta oltin - 24ta kumuş - 25 ta bronza – jami 70 medal).
Bundan avvalroq Ahmadjonov Markaziy Osiyo Futbol Assotsiatsiyasi rahbarligidan ketgandi.

















