Jizzaxlik tadbirkorning murojaati nega qanoatlantirilmadi yoxud «Örda» boği «ögay» boğmi?
|20:10 / 19.05.201916 3019 min
Kun.uz saytida ötgan yilning oktabr oyida Jizzax şahridagi «Örda» ekologik madaniyat va istirohat boğining ayançli ahvoli va uni obodonlaştiriş uçun harakat qilayotgan tadbirkorning ovoragarçiliklari haqida tanqidiy maqola e'lon qilingan edi. Öşanda mutasaddi rahbarlar «Örda» boği Jizzax viloyati hokimligi qarori asosida uzoq muddatga «Lyuks Şedevr Garden» MÇJga (u bugungi kunda qöşma korxonaga aylantirilgan) ijaraga berilganini, tez orada boğ obod maskanga aylanişi haqida va'dalar berişgan edi.
Ammo va'dalar va'daligiça qolib ketgani ma'lum böldi. Biz «Örda» Ekologik boğida bölganimizda u yerda heç qanday özgariş bölmaganiga guvoh böldik.
Maqola saytda e'lon qilinganiga yetti oy böldi. Boğ öşa-öşa qarovsiz va xarob ahvolda...
Savollarimizga javob oliş maqsadida «Lyuks Şedevr Garden» qöşma korxonasi rahbari Elyor Zokirovga bilan uçraşdik.
«Maqola e'lon qilingandan söng, rosti, juda quvondim, «endi işlar oldinga siljisa kerak», deb umid qilgandim. Ammo heç qanday natija bölmadi. Şu boğni obod qilaman, degan maqsadda harakatni boşlaganimga ikki yil töldi. Mana, orttirganim bir qop hujjat (yuz varaq turli mazmundagi ma'lumotnoma va hujjatlarni körsatdi), xarajatlar haqida aytmasam ham bölaveradi».
«Loyihani amalga oşiriş böyiça Çexiyaning «AO I.K.S Group A.S» kompaniyasi bilan muzokaralar olib borganmiz. Ular bilan 100 mln. AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritiş maqsadida şartnoma tuzganmiz.
Mavzuga oid
Va'dalardan çarçadim, lekin ortga çekinişni ham istamayman. 2017 yildan beri şu loyiha amalga oşişi uçun harakatdaman. Loyihalarim tayyor, investorlar bir neça marta kelişdi. Ularga ma'qul böldi. Şu ezgu işdan voz keçmaslik uçun faoliyatimni yanada kengaytirdim. Çexiyalik hamkorlarimiz bilan qöşma korxona taşkil qildik.
Sizga aytsam kularsiz, hatto yaşaş joyimdan ham ma'lumotnoma bilan birgalikda ularning taklif va tavsiyalarigaça olib kelib imzolatib qöyganman. Toşkentga boraman, Jizzaxga kelaman, «endi falon vazirlikka boring deyişadi», yana ovoragarçilik, xullas vazirliklar eşigida sarğayişdan çarçadim... Bir hujjatni töğrilaş uçun yana qança qoğoz va imzo kerak, şuni tuşunmayman.
Boğning ahvoli esa özingizga ma'lum, ikki yildan beri şu iş bilan ovoraman. Axir şu paytgaça iş boşlaşim kerak emasmidi?
Menga 2018 yil 25 may kuni Jizzax viloyati hokimligining qarorini berişgandi. Uşbu qarorning 1- va 5-bandlarini özgartiriş uçun bir yildan beri sarsonman. Uşbu qarorning 1-bandida 317,0 ming kv.m yer maydoniga ega «Örda» boğini uzaytiriş şarti bilan 30 yil muddatga ijaraga beriş körsatilgan, men esa 49 yil yilga uzaytirilşini söradim.
Şuningdek, qarorning 5-bandida biz tomonimizdan bir yil muddatda quriliş va rekonstruksiya qiliş işlari 50 foizga bajarilmasa bino va inşootlar qaytarib olinişi belgilangan. Bu şartlarga heç bir investor könmaydi. Axir u yerda ozmunça iş bormi?! Bir emas bir neça investor bu bandlar özgartirilişini söraşdi, rad etilgaç qaytib ketişdi.
Men hamma kerakli taşkilot va huquqni muhofaza qiluvçi idoralarga murojaat qildim. Ayni kunda Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan Jizzax viloyati qarorini bekor qiliş töğrisida taqdimnoma kiritilgan. Ma'lum bölişiça, menga taqdim etilgan «Örda» ekologik boğini qaytadan rekonstruksiya qiliş uçun çiqarilgan qarorning özi notöğri qaror. Men esa hali-hamon sarsonman. Eng qiziği, murojaatlarimga bir yildan beri na viloyat va na şahar hokimligi javob beradi», — deydi Elyor Zokirov.
Uşbu vaziyatga izoh oliş maqsadida Jizzax viloyati hokimligi mutasaddilariga uçraşmoqçi böldik. Hokimlikda mutasaddi rahbarlarni kutiş asnosida vaziyatdan xabardor mutaxassis öz fikrlarini bildirdi.
«Elyor Zokirov qarorda körsatilgan bandlarni bajara olmadi. Qarorda körsatilgan muddat ham öz nihoyasiga yetdi. Tadbirkorga heç kim tösqinlik qilgani yöq. Töğri, Elyor Zokirov çexiyalik investorlarni bir neça marta çaqirtirdi. Biz ular bilan suhbatlaşdik. Ularning talabiga köra, ayni damda tadbirkorning hisob raqamida 3 mln. AQŞ dollari bölişi kerak ekan. Ya'ni, tadbirkor olmoqçi bölgan kreditga viloyat hokimligi kafil bölişi kerak ekan. Afsuski, viloyat hokimligi bunday mas'uliyatni öz zimmasiga ololmaydi va kafil böla olmaydi», — dedi u.
Bizni qiziqtirgan savollarga Jizzax viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar, kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari Akrom Rahmonqulov javob berişini aytişgandi.
Akrom Rahmonqulov esa muammo haqida u qadar töliq ma'lumotga emasligini, bu haqda batafsil viloyat hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy- ma'rifiy işlar böyiça örinbosari Botir Töxtamişev ma'lumot berişini bildirdi.
«Rostini aytsam, men bu masalaga nima deb izoh berişni ham bilmayman. Töğri, «Örda» ekologik istirohat va madaniyat boşqarmasining balansida. Men Elyor Zokirov bilan bir neça bor suhbatlaşganman, u ğayratli yigit. Bilişimça, viloyat hokimining qarori ham bekor qilingan, tadbirkor ham öziga yuklatilgan vazifalarni ham töliq bajarmadi», — deydi u.
Elyor Zokirov bir neça bor Jizzax şahar hokimligiga yordam sörab murojaat qilganini, ammo uning murojaatlari javobsiz qolganini ta'kidladi.
«Jizzaxga albatta istirohat va madaniyat boğlari kerak. Bu borada ijobiy özgarişlar ham bor. Bu hali yetarli emas, deb öylayman. Loyihalanayotgan boğ zamonaviy, turli xil attraksionlari bor va u albatta şahrimiz körkiga körk qöşadi. Ayni damda siz tilga olgan loyiha juda katta mablağ talab qiladi. Bu böyiça takliflar bölgan. Tadbirkorni investorlari bilan birga özim ham qabul qilganman. Men öşanda ham aytganman, bugun ham aytaman: vakolatim doirasida qanday yordam kerak bölsa, uni bajarişga tayyorman.
Xabaringiz bölsa, uşbu qaror çiqqaniga ham bir yildan oşdi. Boğda biror özgariş bölmadi, iş bajarilmadi. Tadbirkorga heç qanday tösiq bölmagan. Agar şunday bölsa, marhamat, isbotlab bersin. Savolni menga emas tadbirkorga bering, nega iş bajarilmadi?
Biz tadbirkorning hamma xatlariga javob berganmiz. Şaxsan özimga neça marta uçraşgan bölsa, batafsil tuşuntirganman. Bilişimça, qaror ayni kunda bekor qilingan. Men tadbirkorga heç qaçon hujjat yiğdirmaganman. Murojaatçi qarorning 1- va 5-bandlari özgartirilişini söragan. Har safar tadbirkorga talab va takliflarini yozma ravişda asoslab berişini va şunga qarab viloyat hokimligiga taklif berişimizni aytganmiz. Savolingizga lönda va aniq javob şuki, qaror çiqarilgan, tadbirkor tomonidan heç qanday iş bajarilmagan. Agar bajarilgan bölsa, marhamat körsatsin. Investitsiyani kiritiş uçun tadbirkorning qölida yaqingaça kelişuv şartnomasi ham yöq edi. Sarmoya kiritiş uçun investor bilan kelişuv şartnomasi bölişi kerak. Kelişuv şartnomasini bersin, körsatsin... Yöq investitsiyaning nimasiga yordam beraman. Kelişuv şartnomasi yöq. Jizzax viloyat hokimligi va bizni ayblaş uçun tadbirkorda asos bor, deb öylaysizmi?», — deydi Jizzax şahri hokimi Akbar Şukurov.
Ikki tomon kelişib olgunça yoki barça şartlarga könuvçi investor paydo bölguniça yana qança vaqt ötadi noma'lum. Lekin şunisi aniqki, agar iş şu yösinda davom etsa, «Örda» boği «ögay» boğ bölib turaveradi. Kundan-kun nurab, öz tarovatini yöqotayotgan boğning keyingi taqdiri esa heç kimni qiziqtirmayapti.
Uşbu maqoladan keyin boğda «qöl uçida» tozalik işlari boşlanişini kutiş mumkin. Ammo «yirtiqni yamagan bilan» u baribir eski holiga qaytadi. Iş esa faqat xöjakörsinga daraxt oqlaş-u, begona ötlarni yuliş bilan bitmaydi...
Taşabbus bilan çiqqan tadbirkor öz talablarini aytiş, mahalliy hokimlik vakillari esa turli bahonalarni rökaç qiliş bilan ikki yil vaqt ötkazdi. Qoğozbozlik va sansalorlikning oxiri yöqdek. Boğ esa tobora fayzsiz maskanga aylanyapti. Bu haqda kimdir qayğuradimi?..