2019 yil 22 may Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Şerzod Kudbiyev Özbekistonda aholi bandligini ta'minlaş va yangi iş örinlarini taşkil etiş böyiça 2019 yilning birinçi çoragida amalga oşirilgan işlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Mehnat va ijtimoiy masalalar qömitasi kengaytirilgan yiğilişida hisobot berdi.

Qayd etilişiça, hozirgi kunda mehnatga layoqatli aholi soni – 18 954 ming (ösiş - 1,0%), band aholi soni – 13 376 ming (ösiş - 1,3%) nafarni taşkil etadi. Rasmiy sektorda bandlar – 5 403 ming kişini taşkil etib (ösiş - 3,4%), rasmiy bandlikning umumiy bandlikdagi uluşi 40,5%ni taşkil etmoqda. Iqtisodiyotning norasmiy sektorida bandlar – 7 964 ming (59,5%), şu jumladan, xorijda işlayotganlar – 2 365,4 mingni taşkil etadi.

Joriy yil birinçi çorakda işsizlik darajasi 9,4 foizni taşkil etdi (ötgan yil şu davrda - 9,7%), 30 yoşgaça bölgan yoşlar orasida – 15,3 foiz, ayollar orasida – 13 foiz. Eng yuqori işsizlik Qoraqalpoğiston Respublikasi, Andijon, Qaşqadaryo, Samarqand, Sirdaryo va Farğona viloyatlarida (9,7%) qayd etilgan. Işga muhtoj aholi soni – 1 million 391 ming kişi, deyiladi vazirlik xabarida.

Hisobot doirasida Özbekiston mehnat bozorining holati, işga joylaştiriş, yangi iş örinlarini taşkil etiş böyiça ilk bor joriy qilingan davlat buyurtmasi mexanizmi, mehnat migratsiyasi, kasbga öqitiş va tayyorlaş, mehnat bozoridagi faol siyosatni moliyalaştiriş va xususiy bandlik agentliklari faoliyatiga doir sönggi uç-tört oyda amalga oşirilgan işlar tahliliy-tanqidiy yoritildi.