O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida zamonaviy innovatsiyalarni nima uchun joriy qilish, davr talabi bilan ishlashni yo‘lga qo‘yish uchun nimalar qilish lozim? 2019 yil 22 may kuni O‘zbekiston Yoshlar ijod saroyida o‘z ishini boshlagan Expo Contract Foods & Goods Uzbekistan 2019 (Agro, oziq-ovqat sanoati va xalq iste'moli mahsulotlari) O‘zbekiston-Rossiya ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan «Moskovskiy» Agroklasteri ta'sischisi Nodir Sodiqov shu haqda fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O‘zbekiston iqtisodiyotining barcha jabhasida o‘zgarishlar bo‘layotgani ishlab chiqaruvchilarning xorijlik hamkorlar bilan aloqalarini o‘rnatish, majudlarini kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishni taqozo etadi. Bu borada O‘zbekiston-Rossiya tadbirkorlarining hamkorligi, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasida avvalgidan ham sezilarli o‘sib boryapti.

Albatta, buning ham o‘ziga yarasha sabablari bor. O‘zbekistonda bir yilda 20 mln tonnaga yaqin meva-sabzavot yetishtirilsa, shuning 10 foizga yaqini, yaqin xorij mamlakatlari, ya'ni Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilinadi. Eksport ko‘lamini oshirish va yetishtirilayotgan mahsulotlarning sifati iste'molchi va buyurtmachi talabiga mos bo‘lishini ta'minlash uchun O‘zbekistonda jahon standartlariga mos mahsulotlarni yetishtirish, qadoqlash va qayta ishlashni yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi.

Xorijlik hamkorlar bilan mustahkam aloqa o‘rnatish, qolaversa ularning O‘zbekistonda shoxobchalarini ochgan holda faoliyat ko‘rsatishi esa, ishlab chiqaruvchilar va buyurtmachilar o‘rtasidagi tushunmovchiliklarning oldini olish baarobarida, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini diversifikatsiya qilish, yetishtirilgan mahsulotni nes-nobud qilmasdan eksport qilish, qayta ishlash va qishloq xo‘jaligiga jahon tajribasini tezroq joriy qilish, logistika va qadoqlash ishlarini yuqori me'yorlar asosida tashkil etish imkonini beradi.

2019 yil 22 may kuni O‘zbekiston Yoshlar ijod saroyida o‘z ishini boshlagan Expo Contract Foods & Goods Uzbekistan 2019 (Agro, oziq-ovqat sanoati va xalq iste'moli mahsulotlari) O‘zbekiston-Rossiya ko‘rgazmasida ishtirok etayotgan