Jahon | 18:57 / 28.05.2019
6593
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada ushbu mamlakat prezidentini "kommunist" deb atagan amerikalik hibsga olindi

Joko Vidodoni / Foto: matamatapolitik.com

Indoneziya politsiyasi Jakartadagi ommaviy tartibsizliklardan so‘ng mamlakat prezidenti Joko Vidodoni "kommunist" deb atagan AQSh fuqarosini hibsga oldi. Bu haqda Jakarta politsiyasi vakili Argo Yuvono ma'lum qildi.

"AQSh fuqarosi Jyerri Dueyn Grey soxta axborot tarqatish hamda mamlakat oliy rahbariyatini haqoratlashda ayblanib hibsga olindi", - dedi u jurnalistlarga.

Politsiya vakilining aytishicha, huquq-tartibot organlari Amerika fuqarosining Indoneziyada bo‘lishi qonuniyligi borasida ham tekshiruv o‘tkazadi. Hibsga olingan shaxsning aytishicha, u Indoneziyada 1985 yildan beri yashaydi va mamlakat fuqaroligini olgan.

Indoneziyada kommunistik partiya va u bilan bog‘liq har qanday ramz qonun bilan taqiqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid