Özbekiston Prezidenti oliy ta'limni rivojlantiriş yölida 2030 yilgaça bölgan muddatni öz içiga qamrab oluvçi yangi Konsepsiyani işlab çiqişga doir topşiriq berdi. Konsepsiyada belgilangan yönalişlarga köra, Özbekistonda flagman universitetlar taşkil etiladi, bölajak ilm-fan vakillari orasidan ziyolilar qatlami şakllantiriladi va E-Minbar tizimi orqali har bir maşğulotni onlayn kuzatiş imkoni paydo böladi. Kun.uz muxbiri Boş vazirning ijtimoiy masalalar böyiça örinbosari Aziz Abduhakimovdan olingan ma'lumotlar asosida şu haqida xabar berdi.
“Özbekistonda flagman darajadagi universitetlarni taşkil etiş, masalan, Milliy universitet, Politexnika universiteti yoki Samarqand universitetini jahon reytinglariga kiritişga oid aniq topşiriq berildi. Şu bilan birga, universitetlar öz-özini boşqarişda ularga köproq mustaqillik va yangi imkoniyatlar beriş vazifasi ham topşirildi. Hozir butun dunyoda “Universitet – 3:0” degan yangi şakl ommalaşmoqda, ya'ni bu OTMlarda nafaqat ta'lim beriş, balki ularning qoşida tadqiqot institutlari, texnoparklar, katta laboratoriyalar va muzeylar taşkil etişni közda tutadi. Özbekistondagi oliygohlarini ham şunday yangi şaklga ötkazişga doir vazifa qöyildi”, - dedi Abduhakimov.
Bundan taşqari, Prezident oliy ta'lim sifatini oşirişga oid topşiriqlar ham bergan. Bu örinda E-Minbar, ya'ni har bir auditoriyada bölib ötayotgan maşğulotni töğridan-töğri onlayn tarzda tarqatiş tizimini taşkil etiş taklif qilingan. Bu oliy ta'lim tizimida bölmagan yoşlar ham uşbu onlayn-kurslarda özlariga kerakli bilimlarni oliş imkoniga ega bölişadi. Şu bilan birga, ta'lim sifatiga baho beriş imkoni ham paydo böladi.
Vazirlar Mahkamasi yuqoridagi topşiriqlarni inobatga olgan holda, uç oy muddatda Özbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş Konsepsiyasini işlab çiqib, taqdim etadi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Oliy ta'lim vazirligi pedagog kadrlarning uzluksiz malakasini oşiriş va ularni tabaqalaştirgan holda rağbatlantiriş tizimini joriy etiş böyiça bir oy muddatda aniq takliflarni kiritadi.
Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov va Oliy ta'lim vaziri Inom Majidov har bir rektor bilan aniq va mukammal rejalar tuzişni yölga qöyadi. Bu rejalarda 2019 yilda nima bölişi, 2020 yilda qanday aniq çora-tadbirlar amalga oşirilişi qayd etiladi.
Aziz Abduhakimov bundan buyon ikki asosiy masala bilan şuğullanadi:
· Akademik olimlar, professor öqituvçilarning ijtimoiy himoyasi;
· Talabalarga şart-şaroit yaratiş va ular orasidan bölajak ilm-fan vakillarini seleksiya qilib, mamlakatda ziyolilar qatlamini şakllantiriş.













