Keça, 29 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda yöl yoqasida yonayotgan avtobus videosi tarqaldi. Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida sodir bölgani aytilayotgan mazkur voqea yuzasidan ilk ma'lumot paydo böldi.
Samarqand transport boşqarmasi rahbari Inatilla Hamroyev özining feysbukdagi sahifasida bu voqea haqida post qoldirdi.
«2019 yil 29 may kuni keç soat 19:00 larda Oqdaryo tumani M-37 yölining 13-km.da «Siyovuş Trans Servis» MÇJga tegişli haydovçi A.D. boşqaruvidagi «ISUZU» rusumli, davlat raqami 30 749 YAA avtobus Dahbed şaharçasidan Loyiş şaharçasi tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida yonğin sodir bölib, avtobus yonib ketgan.
Mazkur yonğin hodisasi tufayli yölovçilar avtobusni tark etişga ulgurgan, jabrlanganlar yöq. Uşbu holat yuzasidan Samarqand viloyat IIB YHXB tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda»,- deyiladi postda.
Halokat xavfsizlik texnikasiga rioya qilmaslikdan kelib çiqqani taxmin qilinmoqda. Samarqand viloyat transport boşqarmasi boşliği yuqoridagi posti oxirida yölovçi taşiş korxonalari rahbarlari va haydovçilarga murojaat qilib, yöl harakati xavfsizligi xamda texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy amal qilişni söragan.

















