Joriy yilning 30 may kuni soat 11:52da Toşkent şahar YoXB kuç va vositalarini boşqariş va muvofiqlaştiriş markaziga Yaşnobod tumani, Ohangaron şoh köçasi 11-uy oldida “Gazel” rusumli yuk taşiş avtomaşinasida yonğin sodir bölayotganligi haqida xabar kelib tuşgan.

Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi xabariga köra, voqea joyiga 2 ta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Körilgan tezkor harakatlar natijasida yonğin bartaraf etilgan. 

Yonğin oqibatida avtomaşinasining motor, salon qismi va yukxonasidagi mahsulotlari qisman yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar yöq. 

Yonğinni kelib çiqiş sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.