Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda xonanda Jahongir Otajonovning çiqargan videosiga haqoratomuz tarzda öz munosabatini yöllagan xonanda Abdulla Qurbonov tomonidan san'atkor odobiga töğri kelmaydigan noörin sözlar orqali muborak Rözai Ramazon oyida keng ommaning ğaşiga tegiş hollari kuzatildi. 

A.Qurbonovning ijtimoiy tarmoqlardagi ketma-ket çiqargan bunday nomaqbul audio-videolari öz navbatida yoşlar orasida va jamoatçilik örtasida salbiy fikr uyğotmasdan qolmadi hamda noroziliklarga sabab böldi. 

“Özbekkonsert” xabariga köra, yuqoridagi holatlar böyiça xonandaga bir neça marotaba uşbu noörin munosabatlarni töxtatiş töğrisida ogohlantiriş berilgan. Bunga qaramasdan, xonanda tomonidan nojoiz munosabatli fikrlarni keng ommaga tarqatiş yana takrorlangan.
 
Şu bois lisenziat A.Qurbonov bilan tuzilgan litsenziya bitimining 4.2.9-bandida nazarda tutilgan talablar va şartlar muntazam ravişda buzilganligini inobatga olib, “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asoslanib, Abdulla Akbaroviç Qurbonov nomiga konsert-tomoşa faoliyatini amalga oşiriş huquqi uçun berilgan litsenziyaning amal qilişi 2019 yil 31 may kunidan tugatildi.

Bundan oldin, «Özbekkonsert» barça xonandalarga ogohlantiriş bilan çiqqandi.